Bugungi kunda, COVID 19 pandemiyasiga qaramasdan mamlakatimizda tashqi iqtisodiy sohasida tashqi savdo hajmi va eksportni tizimli ravishda rivojlantirishga keng e’tibor qaratilgan.
Yevropa Ittifoqi va Osiyo davlatlariga qishloq xo‘jaligi, tekstil, qurilish va boshqa turdagi mahalliy mahsulotlarni eksport qilish kunning dolzarb mavzusiga aylanib bormoqda.
Ushbu turdagi mahsulotlar eksportida xalqaro darajada tan olingan xorijiy muvofiqlikni baholash idoralari alohida o‘rin tutadi. Agentlikning xalqaro munosabatlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarga muvofiqlikni baholash sohasida qulaylik yaratish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi va “O‘zstandart” agentligi hamkorligida “Intertek” (Buyuk Britaniya) muvofiqlikni baholash idorasi vakillari janob Richard Koks va Piter Lindsay bilan videokonferensiya o‘tkazildi.
Tadbirda mahsulotlarni Buyuk Britaniya va jahon bozorlariga eksport qilishda “Intertek” idorasi tomonidan ko‘rsatiladigan muvofiqlikni baxolash ishlari, bugungi kunda Yevropa davlatlarining maxsulotlarga qo‘ygan talablari, xamkorlikda sertifikatlashtirish idorasi va sinov laboratoriyalari ishlarini tashkil etish, ularni xalqaro darajaga olib chiqishda “Intertek” idorasi ekspertlarni jalb etish bo‘yicha fikr almashildi.
Tadbir yakuniga ko‘ra, qo‘shma loyihalar va dasturlar ishlab chiqish, ularni amalga oshirish, mutaxassis va delegatsiyalar almashuvi, onlayn seminar va simpoziumlar tashkil qilish, joriy yilning iyul oyi birinchi xaftaligida “Intertek” idorasi tomonidan muvofiqlikni baxolash yo‘nalishlarida taklif va tavsiyalar olishga kelishib olindi