Xitoyning eng gavjum shaharlaridan biri bo‘lgan Xanchjou shahrida koronovirus tarqalishining oldini olishga yordam beradigan standart ishlab chiqildi.
ISO / TC 3211 texnik qo‘mitasi raisi professor Sun Minshuna (Song Mingshun) rahbarligida Xitoyning Szilin Universiteti jamoasi smartfonlar uchun QR kod ishlab chiqdilar. Ushbu texnologiya QR kodlardan infeksiyani yuqtirish xavfi bo‘lgan va izolatsiya olinishi kerak bo‘lgan, shuningdek erkin harakatlana oladigan odamlarni aniqlash uchun foydalaniladi.
Alibaba group kompaniyasi ko‘magi bilan Xanchjou shahri, raqamli iqtisodiyot kabi sohalar, shuningdek epidemiyalarni oldini olish va nazorat qilish sohasida katta ma’lumotlardan foydalangan holda shaharlarda «Aqlli ilmiy markaz”larni qurish amaliyotini o‘rgandi.
Natijada yangi standart "Sog‘liqni saqlash kodi", Xanchjou sog‘liqni saqlash kodeksini boshqarish va amalga oshirish bo‘yicha qo‘llanma, DB 3301 / T 0305-2020” ishlab chiqildi.
Yangilik to‘liq tanish uchun Xalqaro standartlashtrish tashkilotining quyidagi havolasiga kirishingizni so‘raymiz: https://www.iso.org/ru/news/ref2515.html