Bu orqali hukumat alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy ishlab chiqarilishi va sotilishiga chek qo‘yishni maqsad qilgan.
Hujjatda qayd etilishicha, eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan ulgurji va chakana savdo tarmog‘idagi alkogol va tamaki mahsulotlari yangisi joriy etilgan kundan boshlab to‘qqiz oy o‘tgach markalanmagan deb hisoblanadi va belgilangan tartibda olib ko‘yiladi.