Standartlar instituti negizida “Halol” standartlari talablari asosida mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish milliy idorasi faoliyat yuritib kelmoqda.

Buyurtmachilar mahsulotlarini “Halol” standarti talablariga muvofiqligini ta’minlash uchun sertifikatlashtirishda arizaga ilova qilishlari lozim bo‘lgan hujjatlardan biri - halol va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlar ishlab chiqarish uchun mas’ul xodimlar haqidagi ma’lumotlar, ya’ni mahsulot ishlab chiqaruvchi va xizmatlarni taqdim etuvchi xodimlarning halol standarti talablar asosida bilim va ko‘nikmalarga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatdir.

Standartlar instituti hamda Turk standartlar instituti (TSE) hamkorlikda 2019 yilning 18-21 noyabr kunlari xalqaro o‘quv kursini tashkil etish rejalashtirilgan.

Ushbu kursda:

IOC SMIIC 1 “Halol” oziq-ovqat mahsulotlariga umumiy talablar;

ISO 22000:2018. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi menedjment tizimlari yo‘nalishlari bo‘yicha darslar tashkil etiladi.

Mashg‘ulotlar TSE ning tajribali ekpert-auditori Muzaffar Uzanjanoblari tomonidan Standartlar instituti o‘quv xonalarida olib boriladi.

O‘quv kursi yakunida ishtirokchilarga xalqaro darajadagi sertifikat topshiriladi, shoshiling, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun tel.: (99) 841-85-26; (99) 800-05-99;

e-mail: uzbstandard@gmail.com.