2016 yilning 22 iyul kuni “O‘zstandart” agentligining katta majlislar zalida “O‘zstandart” agentligida, Akkreditatsiya Kengashi sertifikatlashtirish idoralarining 2016 yil 1 yarim yillik faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi. 
Yig‘ilishda «O‘zstandart» agentligining boshqarma va bo‘limlari rahbarlari, Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi va uning hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari, Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi, Milliy etalonlar markazi, Axborot-ma’lumot markazi, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, sertifikatlashtirish idoralari hamda Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazlari sinov majmualari rahbarlari qatnashdilar.
Kun tartibining birinchi masalasida - 2016 yilning I-yarim yillik davomida akkreditatsiya va inspeksiya nazorati bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, muammolar va kelgusidagi rejalari ko‘rib chiqildi.
Kun tartibining ikkinchi masalasida - “Muvofiqlikni baholash organlari faoliyatida texnik reglamentlarni roli to‘g‘risi”da «Donmahsulotlari Iichm» MChJ direktori, D.A.Gafurova so‘zga chiqdi.
Kun tartibining uchinchi masalasida – Sertifikatlashtirish idoralarining 2016 yilning I-yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlari, mavjud muammolar va ularni yechimi to‘g‘risida muzokaralar olib borildi.
So‘ngra sohaga oid mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha qator masalalar belgilab olindi.
Xodimlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va galdagi vazifalar to‘g‘risida. SMSITI bo‘lim boshlig‘i, A. Allaberganova axborot berdi.
Shundan so‘ng, "Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amaliyotga joriy etishda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida boshqarma boshlig‘i, O.Z. Toxirov ma’lumot berdi.
Kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Axborot xizmati