O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktorining 2016 yil 1 iyundagi 315-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan alkogolli mahsulotlarni muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alash tartibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i 2016 yil 27 iyunda 480-3-son bilan ro‘yxatga olindi.

«O‘zbekiston Respublikasi hududidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan alkogolli mahsulotlarni muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alash tartibi»ga  kiritilgan o‘zgartirishlar chop etilgan kundan 3 oy o‘tgach amalga kiritiladi - 2016 yil 5 oktyabrdan.

Axborot xizmati