O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 31 martdagi 99-sonli “Don xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqidagi” qarorini bajarish maqsadida, “O‘zstandart” agentligi va vakolatli idoralar bilan birgalikda tahlil o‘tkazildi hamda donga majburiy talablarni o‘rnatadigan va ushbu umumiy texnik reglament amalga kiritilganidan so‘ng ixtiyoriy qo‘llanish xarakteriga ega bo‘ladigan standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar ro‘yxati aniqlandi.
2017 yilning 1 oktyabridan majburiy xarakterni yo‘qotadigan va “Don xavfsizligi to‘g‘risidagi” umumiy texnik reglament amalga kiritilganidan so‘ng o‘rnatilgan tartibda ixtiyoriy qo‘llanish xarakteriga ega bo‘ladigan standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarning ro‘yxati bilan bizning saytimizda “Texnik jihatdan tartibga solish” – “Texnik reglamentlar” bo‘limida tanishib chiqish mumkin.