“O‘zstandart” agentligining tegishli qarori bilan 2016 yil 10 iyundan O’z DSt 1076:2016 “Omixta yem yormasi, Texnikaviy shartlar” Davlat standarti joriy etildi.
Ushbu standart granulali omixta yemni maydalash yo‘li orqali ishlab chiqariladigan va qishloq xo‘jalik hayvonlari, parrandalar, baliqlar, quyonlar va nutriyalarni boqish uchun mo‘ljallangan omixta yem yormasiga ta’lluqlidir.
O’z DSt 1076:2016 “Omixta yem yormasi, Texnikaviy shartlar” Davlat standarti O’z DSt 1076:2005 o‘rniga joriy etildi.
Hurmatli ishlab chiqarish korxonasi vakillari, sizda mazkur holat bo‘yicha batafsil ma’lumotga ega bo‘lish istagi bo‘lsa, “O‘zstandart” agentligi “Axborot – ma’lumot markazi” DKga murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent sh.,Farobiy ko‘ch., 333A, tel:249-18-66, e-mail: infocenter@standart.uz.