“SOLIQ INFO” gazetasining 2016 yil 16 iyundagi 24-chi sonida “O‘zstandart” tekshiruviga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak” maqolasi chop etildi. Maqola “Tekshiruvga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak” mavzusiga oid nashrlar davomi hisoblanib, o‘quvchilarga “O‘zstandart” agentligi va uning standartlashtirish va metrologiya hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik sub’ektlari tekshiruvini ba’zi bir aspektlari bilan tanishib chiqishni taklif qiladi. Maqolada “O‘zstandart” agentligi rasmiy saytiing “Davlat nazorati” bo‘limida keltirilgan ma’lumotlar umumlashtirilgan va tekshiruvlarni o‘tkazish tartibi, tekshiruvlar predmeti va tekshiruvlarning qonuniy asoslari savollari bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlariga tushuntirishlar, shuningdek kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. “O‘zstandart” agentligi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga, “O‘zstandart” agentligining bo‘linmalariga shaxsiy murojaat qilish kabi, rasmiy veb-saytda ko‘rsatiladigan xizmatlar va chop etilgan axborot materiallariorqali ham amaliy yordam ko‘rsatish savollariga e’tibor qaratilgan. 
Maqolaning to‘liq matni bilan gazetaning yuqorida ko‘rsatilgan sonida tanishib chiqish mumkin.
Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditlash, sifatni boshqarish tizimlari va texnik jihatdan tartibga solish va boshqa barcha savollar bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni “O‘zstandart” agentligining rasmiy saytida tegishli bo‘limlarda olish mumkin (www.standart.uz).