Respublikaning sport va ta’lim muassasalarini sifatli sport asbob-uskunalari bilan ta’minlash, xalqaro sifat standartlariga va foydalanish xavfsizligiga javob beradigan zamonaviy sport asbob-uskunalari va anjomlari ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016 yil 14 iyunda “Xalqaro sifat standartlariga va foydalanish xavfsizligiga javob beradigan sport asbob-uskunalari va anjomlari ishlab chiqarishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 202-sonli qarori qabul qilindi (keyinchalik - qaror).
Ushbu qaror bilan Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 28 apreldagi 122-son qarori bilan tasdiqlangan "Majburiy tartibda sertifikatlanadigan, O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va unga olib kiriladigan mahsulotlar turlari ro‘yxati"ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qaror rasman e’lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tgach kuchga kiradi. 

Axborot xizmati