2016 yilning 13-14 iyun kunlari «O‘zstandart» Agentligining kichik majlislar zalida «ISO/IEC 17043 standarti. Muvofiqlikni baholash. Sinov laboratoriyalar imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazish uchun asosiy talablar» mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbir «O‘zbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi o‘rtasida texnikaviy hamkorlik to‘g‘risida»gi bitim doirasida Markaziy Osiyoda sifat infratuzilmasini rivojlantirishni qo‘llab quvvatlash» dasturi doirasida tashkil etildi.
Seminarni ekspert Olaf Shnelle Verner – elektr, mexanik, termodinamik va elektr kimyoviy o‘lchov qiymatlarini kalibrlash markazi boshqaruvchi direktori va kalibrlash laboratoriyasi boshlig‘i olib bordi.
Seminarni o‘tkazishdan maqsad – iqtisodiyetimizni rivojlantirish, boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni kengaytirish maqsadida turli darajadagi taqqoslashlarni amalga oshirish borasida mutaxassilarimizning bilim va kasbiy mahoratlarini oshirish.
Seminarda «O‘zstandart» Agentligi va uning tarkibiy bo‘linmalari mutaxassislari ishtirok etishdi.
Kelajakda MXKM DK va Toshkent viloyatidagi mintaqaviy sinov markazlari orasida massa o‘lchov vositalarini o‘quv taqqoslashlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Toshkent shahar ta’mirlash xizmatlari o‘rtasida gaz va suv hisoblagichlarini tekshiruvchi sozlamalarni taqqoslash ishlarini olib borish rejalashtirilgan.
Axborot xizmati