Ma’lumot uchun: Sertifikatlashtirish tizimini yanada takomillashtirish va tadbirkorlarga qulayliklar yaratish maqsadida «O‘zstandart» agentligi va Turk standartlari institututi (TSE) ishtirokida, yangi zamonaviy standartlar talablariga javob beruvchi O‘zbek-Turk qo‘shma korxonasi, ya’ni MChJ «O`zbek-Turk Test Markazi» qo‘shma korxonasi tashkil etilgan bo‘lib, qo‘shma korxonada hozirgi kunda:
- Mahsulotlarni sertifikatlashtirish idorasi (SI);
- Sifatni boshqarish tizimlarini sertifikatlashtirish idorasi;
- Sinov laboratoriyalari majmuasi (SLM) faoliyat yuritib kelmoqda.
“Halol” belgisi - muayyan mahsulot yoki xizmatning “Halol” standarti talablariga mos ekanligini ko‘rsatish uchun mahsulotga yoki ko‘rsatilgan xizmatga doir hujjatga qo‘yiladigan, belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan belgi.
MChJ «O`zbek-Turk Test Markazi» QK sertifikatlashtirish idorasi milliy va xalqaro tan olingan idora bo‘lib, “Halol” sertifikatlashtirish faoliyatini Turk standartlari instituti (TSE) bilan kelishuv asosida standartlashtirish, metrologiya va akkreditatsiya sohalarida faoliyat ko‘rsatuvchi, Islom hamkorlik tashkilotiga (OIC) a’zo hukumatlararo tashkilot Islom davlatlari standartlashtirish va metrologiya instituti (SMIIC), hamda Turk standartlari instituti (TSE) ning quyidagi:
- TS OIC/SMIIK 1 “Halol oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘yilgan talablar”;
- TS 13571 - “Tayyorlangan halol oziq-ovqat va ichimliklar saqlanadigan va xizmat ko‘rsatadigan joylarga TS OIC/SMIIC 1 standartining qo‘llanilishi bo‘yicha alohida talablar”;
- TS 13683 - “Halol menejment tizimi – mehmonxonalar”;
- TSE K 202 - “Halol kosmetika”;
- TS 6915 - “Mehmonxona xonalariga umumiy talablar”;
- TS 10082 - “Ish joylari, mehmonxona xonalari, turizm sertifikatlariga ega mehmonxonalar va ularni sinflarga ajratish bo‘yicha umumiy talablar”standartlari asosida amalga oshiradi.
Soxta mahsulotlarni sotib olishni oldini olish maqsadida sertifikatlangan ishlab chiqaruvchilar ro‘yxatini Bizning veb-saytimizda ko‘rishingiz mumkin.
Shunday qilib, “Halol” standarti talablariga muvofiq mahsulot yoki xizmatlarni sertifikatlashtirish natijasida, bozorda qo‘yidagi ustunliklarga ega bo‘lishingiz mumkin:
- Mamlakatimizning 30 mln.dan ortiq musulmon ahli, bundan tashqari, dunyoda musulmon ahlining ortib borishi (taxminan 1,8 mlrd odam, yer aholisining 24 foizi degani) «Halol» belgisi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga talabning yanada oshishini ta’minlaydi;
- Boshqa e’tiqod vakillari ham ko‘pincha “Halol” mahsulotlarni afzal ko‘rishmoqda, chunki mahsulotga “Halol” sertifikatning mavjudligi mahsulotlar qo‘shimcha xavfsizlik talablari asosida ishlab chiqarilishi, ya’ni mahsulotning sifati, xavfsizligi va ekologik tozaligi uchun yanada qattiqroq talablarni nazarda tutadi;
- Ishlab chiqarilgan halol mahsulotlar bozori hajmi 4,0 trillion AQSh dollarini tashkil qilib, 20 foizi Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) mamlakatlariga, qolgan 80 foizi esa islomiy bo‘lmagan mamlakatlarga (Yevropa ittifoqi, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Braziliya va boshqalar) to‘g‘ri keladi.
Ye-pochta: uzttm@mail.ru, guzbeg@yahoo.com
Sertifikatlashtirishga murojaat qilish uchun zarur hujjatlarni yuklash.
Axborot xizmati