“O‘zstandar” agentligining 2016 yil 31 maydagi 05-765 sonli qarori bilan 2016 yil 1 iyundan O’z DSt 3084:2016 “Organik qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari. Atamalar va ta’riflar” Davlat standarti joriy etildi.
Ushbu standart organik qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi, suv ekotizimlari manbaalaridan ishlab chiqariladigan organik qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, hususiyatlari va tarkibini, undan qayta ishlangan mahsulotlar va organik ishlab chiqarishga javob beradigan talablar doirasidagi atamalar va ta’riflarni belgilaydi.
Standartni olish uchun “O‘zstandart” agentligi “Axborot - ma’lumot markazi” DKga murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent sh., Farobiy ko‘ch., ZZZA, tel:249-18-66, e-mail: infocenter@standart.uz.
Axborot xizmati