O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2015 yil 11 noyabrdagi 326-sonli qorori bilan tasdiqlangan «Siqilgan tabiy gazda, suyultirgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida» gi umumiy texnik reglamentda belgilangan sinov usullarini bajarish bo‘yicha «ALJ-Samarqand» mas’uliyati cheklangan jamiyati va «AVTO STANDART ETALON» mas’uliyati cheklangan jamiyati sinov laboratoriyalari o‘rnatilgan tartibda akkreditatsiya qilindi.
Milliy akkreditatsiya organining qaroriga asosan «ALJ-Samarqand» mas’uliyati cheklangan jamiyati, «AVTO STANDART ETALON» mas’uliyati cheklangan jamiyati sinov laboratoriyalari O‘z DSt ISO/IEC 17025:2007 «Cinov va kalibrlash laboratoriyalari kompetentligiga qo‘yiladigan umumiy talablar» standartiga muvofiqligi tasdiqlandi va UZ.AMT.07.MAI.987 va UZ.AMT.07.MAI.988-son bilan Davlat reyestrida ro‘yxatga olindi.
Axborot xizmati