O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 18 martdagi “Qishloq xo‘jaligi texnikalari konstruksiyasining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash to‘g‘risidagi” 80-sonli qarorini bajarish maqsadida vakolatli idoralar bilan birgalikda “O‘zstandart” agentligi tomonidan tahlil o‘tkazildi va ko‘rsatilgan umumiy texnik reglament amalga kiritilgandan so‘ng ixtiyoriy qo‘llash tusiga ega bo‘ladigan standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar ro‘yxati tayyorlandi.
«Qishloq xo‘jaligi texnikalari konstruksiyasining to‘g‘risidagi» umumiy texnik reglament O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 18 martdagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan va rasmiy nashr etilgan kundan boshlab 6 oy muddat tugaganidan keyin amalga kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risidagi” Qonunining 22-moddasiga muvofiq va “O‘zstandart” agentligining 2016 yil 05-759 sonli qaroriga asosan, 2016 yil 18 sentyabrdan boshlab yuqorida ko‘rsatilgan sohalarda majburiy talablarni o‘rnatadigan standartlashtirish bo‘yicha 47 me’yoriy hujjatlar ixtiyoriy qo‘llash tusiga ega bo‘ladi.
«Qishloq xo‘jaligi texnikalari konstruksiyasining to‘g‘risida»gi umumiy texnik reglament amalga kiritilgandan keyin o‘rnatilgan tartibda ixtiyoriy qo‘llash tusiga ega bo‘ladigan va majburiy tusni yo‘qotadigan standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar ro‘yxati bilan, bizning saytimizda “Texnik jihatdan tartibga solish” – “Texnik reglamentlar” bo‘limida tanishib chiqishingiz mumkin.
Axborot xizmati