9 iyunda Akkreditatsiya bo‘yicha xalqaro forum (International Accreditation Forum, IAF) bosh assambleyasi va laboratoriyalarni akkreditatsiyalash bo‘yicha xalqaro xamkorlik (International Laboratory Accreditation Cooperation, ILAC) tomonidan tashkil etilgan Butun jaxon akkreditatsiya kuni nishonlanadi.

Ma’lumot uchun:Akkreditatsiya bo‘yicha xalqaro forum (IAF) va Labaoratoriyalarni akkreditatsiyalash bo‘yicha xalqaro xamkorlik (ILAC) tashkilotlari sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarini akkreditatsiyalash bo‘yicha tashkilot xisoblanadilar. 2007 yilda oktyabrda ILAC va IAF Bosh assambleyasi qo‘shma rezolyutsiyasi bilan Avstraliya, Sidney shaxrida xar yili Butun jaxon akkreditatsiya kunini nishonlash tasdiqlandi. Birinchi tadbir 2008 yilda bo‘lib o‘tdi.

Xar yili Butun jaxon akkreditatsiya kuniga akkreditatsiya bilan bog‘liq mavzu beriladi. Bu yilgi Xalqaro akkreditatsiya kuni - Akkreditatsiya: jamiyat manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash global vositasi
shiori ostida o‘tadi.


ILAC va IAF raxbarlarining bayram tabriknomasida Milliy va maxalliy xukumat regulyatorlari – Butun jaxon akkreditatsiya kuni 2016 yil uchun mavzu va davlat sektorida barcha soxalarda davlat manfaatlarini ta’minlash uchun global vosita sifatida akkreditatsiyaga bag‘ishlangan. Standartlar muvofiqlikni baholash va akkreditatsiya bozorlarni yaxshiroq tartibga solish, atrof muxitni muxofaza qilish, jamoat xavfsizligi, firibgarlikni oldini olish, adolatli va samarali faoliyat yuritishni ta’minlash va davlat faoliyatida davlat ishonchini ta’minlash maqsadida davlat siyosatini belgilashda foydalanish mumkin bo‘lgan bozorga asoslangan asboblar bor.
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining Milliy akkreditatsiya tizimiga ega, uni bu sohani xalqaro talablar va qoidalarga muvofiq rivojlantirmoqda va takomillashtirmoqda. Xozirgi kunda “O‘zstandart” agentligi tomonidan akkreditatsiyalangan Davlatimizda muvofiqlikni baholash sohasida:

  • 128 ta mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish organlari;
  • 27 ta sifatni boshqarish tizimlarini sertifikatlashtirish organlari;
  • 450 ta sinov laboratoriyalari;
  • 41 ta yuklarni ortish va tushirishdan oldin o‘tkaziladigan inspeksiya faoliyatini amalga oshiruvchi inspeksiya organlari;
  • 4 ta xodimlarni sertifikatlashtirish organlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston Respublikasning Milliy akkreditatsiya tizimi xodimlarini tabriklaymiz. Sog‘lik, yaxshi kayfiyat va Vatanimizni gullab yashnashi maqsadida bizning amalga oshirayotgan qo‘shma faoliyatimizda muvaffaqiyatlar tilaymiz. 

Axborot xizmati