“O‘zstandart” agentligining 31.05.2016 yildagi 05-763 sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining davlat standarti O’z DSt 16.11:2016 “Muvofiqlikni baholash. Turli xildagi inspeksiya o‘tkazuvchi idoralarini ishlashiga talablar” qabul qilindi. Standart ISO/IEC 17020:2012 modifikatsiyalangan xalqaro standart hisoblanadi va 2017 yilning 1 yanvaridan amalga kiritiladi.
Kiritilayotgan standart, barcha turdagi inspeksiya organlari vakolatligiga (A, B, C), shuningdek barcha bosqichlarda (loyihalashtirish, turini tekshirish, boshlang‘ich inspeksiya, foydalanish jarayonida inspeksiya o‘tkazish yoki inspeksion nazorat) ularning inspeksion faoliyatini betarafligi va ketma-ketligiga talablarni o‘rnatadi.
Ushbu standartni xarid qilish masalalari bo‘yicha “O‘zstandart” agentligining “Axborot – ma’lumot markazi” DKga murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent sh., Farobiy ko‘ch., 333A, tel: 227-16-61, 249-35-48 e-mail: infocenter@standart.uz
Axborot xizmati