“O‘zstandart” agentligining bir guruh mutaxassislari “O‘zagroeksport” Aksiyadorlik jamiyati Maxsuslashgan Tashqi Savdo Kompaniyalari hamkoligida tashkil etilgan “Eksport qilinuvchi meva-sabzavot mahsulotlariga qo‘yilgan xalqaro standart talablari va ularni sertifikatlashtirish masalasi” mavzusidagi amaliy seminarda ishtirok etdilar. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 12 apreldagi “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori va Vazirlar Mahkamasi majlisi bayonida keltirilgan meva-sabzavot mahsulotlari eksportida vujudga kelayotgan standartlashtirish va sertifikatlash bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni bartaraf etish maqsadida 2016 yil 2 iyunda “O‘zagroeksport”ning majlislar zalida “Eksport qilinuvchi meva-sabzavot mahsulotlariga qo‘yilgan xalqaro standart talablari va ularni sertifikatlashtirish masalasi”dagi amaliy seminarida”O‘zstandart” agentligi Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish Byurosi mutaxassisi Sardor Murodov va Standartlashtrish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy tadqiqot instituti yetakchi mutaxassisi N. Nikishinalar qatnashib, eksport bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga zaruriy tavsiyalarni berdilar. E’tiborli jihati shundaki, Agentlik mutaxassislari “O’z DSt ISO 22000” va “Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish Byurosi tomonidan ko‘rsatilayotgan konsultativ xizmatlar” va istiqboldagi vazifalar yuzasidan ma’lumotlarni berdilar. 

Axborot xizmati