2016 yil 23 maydan 27 maygacha Minsk shahrida (Belarus Respublikasi)Belarus Respublikasining Standartlashtirish davlat qo‘mitasining Belarus davlat metrologiya instituti bazasida metrologiya bo‘yicha Ilmiy-texnik komissiyaning 43-chi yig‘ilishi, nazariy metrologiya bo‘yicha Ishchi guruhning 16-chi yig‘ilishi hamda Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengashning sog‘liqni saqlash sohasidagi o‘lchashlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha Ishchi guruhning 2-chi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun: MDH - Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengashi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumatlarining Rahbarlari tomonidan imzolangan “Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida kelishilgan siyosatni amalga oshirish to‘g‘risidagi kelishuv”ga asosan 1992 yil 13 martda tashkil qilingan. Kelishuv MDH ishtirokchi-davlatlari Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish milliy organlarining yashirin imkoniyatlari va resurslarini birlashtirishga, shuningdek shu faoliyat sohalarida yagona texnik siyosat o‘tkazilishini amalga oshirishga imkon berdi.

Yig‘ilishlar ishida, O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya milliy organi sifatida “O‘zstandart” agentligi bilan bir qatorda MDH ishtirokchi-davlatlari: Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina milliy organlarining vakillari, shuningdek MGS Standartlar bo‘yicha byurosining vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishlar borasida ekspertlar tomonidan quyidagi loyihalar muhokama qilindi:
• Standartlashtirish va o‘lchashlar birliligini ta’minlash sohasida XEK (Xalqaro elektrotexnik komissiya) va MGS o‘rtasidagi hamkorlik haqida Memorandum qoidalarining bajarilishi bo‘yicha tadbirlar rejasi;
• MGS va Amerikaning ASTM International materiallarini sinash bo‘yicha jamiyati (American Society forTesting and Materials) o‘rtasidagi hamkorlik haqida Memorandum;
• Modda va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalarini yaratish va qo‘llash bo‘yicha hamkorlik haqida Hukumatlararo Kelishuv,
shuningdek quyidagilarning bajarilishi ko‘rib chiqildi:
• “O‘lchash vositalarining turini tasdiqlash maqsadida sinash, ularni metrologik attestatlash, qiyoslash va kalibrlash natijalarining o‘zaro e’tirof etilishi haqida”gi davlatlararo kelishuv qoidalarining bajarilishi uchun zarur tadbirlar rejasi
• 2015 - 2017
yillar uchun putur yetkazmaydigan tekshiruv sohasida standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash bo‘yicha ishlar rejasi
• 2016-2020 yillar uchun modda vamateriallar tarkibi hamda xossalarining davlatlararo standart namunalariniyaratish va qo‘llash bo‘yicha reja
• 2016 – 2018
yillar uchun sog‘liqni saqlash sohasida o‘lchashlar birliligini ta’minlash masalalari bo‘yicha ishlar rejasi
va boshq.
Yig‘ilish ishtirokchilari o‘lchashlar birliligini ta’minlash sohasida, shu jumladan sog‘liqni saqlash, nazariy metrologiya va boshqa sohalarda milliy organlar tomonidan bajarilayotgan ishlar haqida axborot almashdilar.
Masalalarni muhokama qilish natijasida tegishli tavsiyalar hamda 2016 yil 27 – 28 iyunda Baku shahrida (Ozarbayjon Respublikasi) o‘tkazilishi rejalashtirilgan MGS 49-chi yig‘ilishida milliy organlarning rahbarlari darajasida muhokama qilish uchun masalalarni kun tartibiga kiritish bo‘yicha takliflar qabul qilindi. 
Yig‘ilishlar bayoni bilan MGS rasmiy saytida (www.easc.org.by)tanishish mumkin

Axborot xizmati