O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.05.2016 yildagi 148-sonli qarori bilan «Yengil sanoat mahsulotlarini xavfsizligi to‘g‘risidagi» Umumiy texnik reglament (keyinchalik Texnik reglament) tasdiqlandi. (O‘zbekiston Respublikasi qonunlari to‘plami, 2016 y., 19-son, 213-modda)
Texnik reglament yengil sanoat mahsulotlariga xavfsizlik talablarini o‘rnatadi va quyidagi turdagi mahsulotlarga taalluqlidir:
- Xom ipak;
- Ipak momig‘i (shyolkovaya vata);
- Kalava (paxta ip, aralash, jun, ipak);
- To‘qima, trikotaj i noto‘qima gazlamalar (choyshabbop, kiyimbop, sochiqbop, dekorativ, mebelbop, tukli);
- To‘qimachilik materiallaridan tikuv mahsulotlari;
- Chulki-paypoq mahsulotlari;
- Kigiz, noto‘qima va to‘qimachilik materiallaridan gilam mahsulotlari va qoplamalar;
- Bosh kiyimlar (trikotaj, to‘qilgan va sun’iy mo‘yna);
- To‘qimachilik-attorlik mahsulotlari.
Texnik reglamentning talablari tibbiyot vazifasidagi, badiiy xunarmandchilik, suvenir mahsulotlariga, buyurtmachining alohida talablari bo‘yicha ishlab chiqarilgan buyumlarga va mahsulotlarga taalluqli emas.
Texnik reglament rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab olti oy muddat tugashi bilan kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risidagi” qonunining talablariga muvofiq, ushbu texnik reglamentni amalga joriy etilishi bilan, Texnik reglamentda ko‘rsatilgan mahsulotlarga standartlashtirish bo‘yicha ilgari qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, majburiy xarakterni yo‘qotadi va o‘rnatilgan tartibda qo‘llanilish ixtiyoriyligiga ega bo‘ladi.
Texnik reglamentni umumiy matni bilan bizning saytimizda “Texnik jihatdan tartibga solish” bo‘limida tanishish mumkin
Axborot xizmati