Joriy yilning 18 may kuni “O‘zstandart” agentligining katta majlislar zalida xalqaro mavzuda seminar tashkil etildi.

Ma’lumki keyingi yillarda Mamlakatimizda boshqa sohalar qatori qishloq xo‘jaligi sohasining rivoji uchun ko‘plab me’yoriy qonun hujjatlari qabul qilinib amaliyotga joriy etilmoqda.
Asosiy maqsad, serquyosh zaminimizda pishib yetilgan, vitaminlarga boy bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini rivojlangan mamlakatlarga eksport qilishdan iboratdir.

Albatta, bu jarayonlarda sohaning mutaxassislariga o‘zlari yetishtirgan mahsulotlarini eksport qilishlarida Standart talablari va sertifikatlashtirish tartibotlari bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar zarur.

 

 

Joriy yilning 18 may kuni “O‘zstandart” agentligi Qishlov va suv xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro seminarning bosh maqsadi aynan Respublikamizda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Hamdo‘stlik mamlakatlariga eksport qilish va mazkur tizimning yanada takomillashtirish vazifalari muhokama qilindi.
E’tiborli tomoni shundaki, seminar ishida Latviya Respublikasining Mamlakatimizdagi favqulotda va muxtor elchisi qatnashib, Yevropa mamlakatlarida ham yurtimizning qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga ehtiyoj ancha yuqori ekanligini ta’kidlab, bu borada O‘zbekiston-Latviya hamkorligi doirasida eksport salohiyatini yanada kengaytirish istiqbollari masalasida kelishib olindi.

Axborot xizmati