“O‘zstandart” agentligi “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasining (“RSSM” DK) sinov bazasining Rivojlantirish reja-dasturiga muvofiq Sinov laboratoriyalari majmuasini (SLM) qo‘shimcha ta’minlash uchun MT 120-10 rusumli universal ajratuv mashinasi (Rossiyada ishlab chiqarilgan) xarid qilindi.
Universal ajratuv mashinasi – yengil sanoat, metall va polimer mahsulotlarni sinash uchun, shuningdek GOST 3813-72, GOST 15902.3-79, GOST 14236-81, GOST 11262-80, GOST 270-75, GOST 15873-70, IEC 60811-1-1-2011, GOST IEC 60245-2-2011, GOST 17316-71, GOST 16218.5-93, GOST 23364-2001 me’yoriy hujjatlari bo‘yicha materiallarning cho‘zilish va uzilish bosimini, tortishish va siqilish kuchlanishlarini aniqlash uchun mo‘ljallangan.To‘plamda sinov jarayonini avtomatlashtirish imkoniyatini yaratib beruvchi maxsus dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan personal kompyuter mavjud.
Universal ajratuv mashinasidan foydalanish,yangi sinov turlarining qo‘shilishi hisobiga “RSSM” DK SLMning akkreditatsiya doirasini kengaytirish imkoniyatini beradi.
Axborot xizmati