O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2016 yil 27 apreldagi “Tekshiruvdan (qiyoslashdan) o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yxatini tasdiqlash haqida” 232-son Buyrug‘i O‘zbekitston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 4 mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami № 2782 (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016 yil, 18-son, 208-modda).
Hujjatda O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan, tekshiruvdan (qiyoslashdan) o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yxati, ularning qiyoslashlararo intervali muddati bilan keltirilgan.
Normativ-huquqiy hujjatning kuchga kirish sanasi: 10.08.2016 y.
Axborot xizmati