2016 yil 18-22 aprel kunlarida Baku shahrida, Azarbayjon Respublikasi standartlashtirish, metrologiya va patentlash Davlat qo‘mitasida Akkreditatsiya bo‘yicha ilmiy-texnik qo‘mitasi (NTKA), muvofiqlikni baholash bo‘yicha ilmiy-texnik qo‘mitasi (NTKOS), erkin savdo zonasi texnik to‘siqlar bo‘yicha ishchi guruhi (RG ZST), akkreditatsiya bo‘yicha Mintaqaviy tashkilot tuzish bo‘yicha ishchi guruhi (RG RAO), standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish Davlatlararo Kengashining (DSK) yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun.: Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish Davlatlararo Kengashi MDX tarkibiga kiruvchi hukumat rahbarlari tomonidan imzolangan "Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida kelishilgan siyosat to‘g‘risidagi Bitim" asosida 1992 yil 13 martda tashkil qilingan. Bitim milliy standartlashtirish idoralari, MDH a’zo davlatlar metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi imkoniyatlarni birlashtirish, shuningdek ushbu soxalarda yagona texnik siyosatni amalga oshirish imkonini berdi.

Yig‘ilishlarda, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohalari bo‘yicha "O‘zstandart" agentligi vakillari bilan birga MDH mamlakatlari Azarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Rossiya Federatsiyasi va Ukraina milliy organlarining vakillari va DSK standartlari byurosi vakillari ishtirok etdi.

Kun tartibida quyidagi savollar kiritildi va muhokama qilindi:

  • "Muvofiqlikni baholash organlarining akkreditatsiya natijalarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi Bitim" loyihasini muhokamasi;
  • 1992 yil 4 iyundagi o‘zaro tan olish va sertifikatlash ishlari prinsiplari haqidagi Bitimga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma loyihasi;
  • MDH davlatlaridagi savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi bitim loyihasi

va boshqalar.

Muhokama natijasida, Milliy idoralar rahbarlarining yig‘ilishida muhokama qilish maqsadida DSKning navbatdagi yig‘ilishi (MGS-49) kun tartibiga kiritish uchun tegishli tavsiyalar va takliflar tasdiqlandi.

Uchrashuvlar bayonlari bilan DSK rasmiy veb-saytida (www.easc.org.by) tanishish mumkin.