O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining “Texnik tartibga solish to‘g‘risidagi” Qonuniga xam (22 modda) 2016 yil 25 aprel sanadagi №ZRU-405 sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni tasdiqlandi.
Ushbu o‘zgartirishlarni kiritishdan maqsad, O‘zbekiston Respublikasining “Texnik tartibga solish to‘g‘risidagi” Qonunidan so‘ng amalga kiritilgan, me’yoriy-huquqiy hujjatlar, misol uchun “Muvofiqlikni baholash” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (04.10.2013 y №ZRU-354) bilan muvofiqlashtirishdan iborat.
Shu jumladan, ushbu o‘zgartirishlar texnik reglamentlarni tuzilishini belgilovchi “Texnik tartibga solish to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17 moddasiga kiritilgan. Ushbu moddadan mahsulotlar namunalarini tanlab olish hamda ularni sinash usullari olib tashlangan. “O‘zstandart” agentligi vakolatini reglamentlovchi 8 chi moddasiga esa, “mahsulotlar va xizmatlarning texnik reglamentlarda belgilangan talablarga muvofiqligini baholash uchun zarur bo‘lgan, mahsulotning namunalarini olish, sinovlari va o‘lchovlari usullarini belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ro‘yxatini tasdiqlaydi” yangi xat boshi kiritilgan.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasining “Texnik tartibga solish to‘g‘risidagi” Qonuni qo‘llanish sohasiga aniqlik kiritlgan («ishlar» degan so‘z chiqarib tashlangan).
O‘zgarishlar rasman e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.