Sifati, dizayni va xavfsizligi bo‘yicha xalqaro standartlar talablariga javob beruvchi sport uskunalari va jixozlarini ishlab chiqarishni ta’minlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasining muhokamasi
Muhokamaga «Sifati, dizayni va xavfsizligi bo‘yicha xalqaro standartlar talablariga javob beruvchi sport uskunalari va jixozlarini ishlab chiqarishni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi qo‘yilmoqda.
Ushbu loyiha Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2016 yil 11 apreldagi 36-sonli bayoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq ishlab chiqildi.
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi bilan Bizning saytda tanishishingiz mumkin. http://new.standart.uz/upload/file/npa-projekt/projekt_pkm_sport.pdf
Loyiha bo‘yicha taklif va e’tirozlarni “O‘zstandart” agentligining Muvofiqlikni tasdiqlash sohasidagi texnikaviy siyosat va sifat tizimlari boshqarmasiga 2016 yil 10 maygacha taqdim etishingiz mumkin.
Mas’ul shaxs – Toxirov O.Z.
E-mail: tohirov@standart.uz
Telefon: 0(371) 202-00-11 (1008)