Toshkent shahar hokimi tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra, 2016 yil davomida tadbirkorlik sub’ektlari uchun amaldagi qonun hujjatlari bo‘yicha o‘quv seminarlari o‘tkaziladi.
O‘tkaziladigan seminarlarda, amaldagi qonun hujjatlarining standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash yo‘nalishlari bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish uchun “O‘zstandart” agentligi tizim tarkibiga kiruvchi va quyi tashkilotlarining mutaxassis hodimlari qatnashadilar.
Seminarlarning o‘tkazilish grafigi va chora-tadbirlar rejasi bilan bizning saytimizda tanishishingiz mumkin. Qatnashish istagida bo‘lgan barchani o‘quv seminarlariga taklif etamiz.