Tashkilotning 2016 yil 1-chorak faoliyati yakunlari bo‘yicha 2016 yil 19 aprel kuni “O‘zstandart” agentligining katta majlislar zalida “O‘zstandart” agentligining kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda “O‘zstandart” agentligining barcha tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalar va tizimdagi tashkilotlarning rahbarlari qatnashdilar.
Hay’at yig‘ilishini “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori Abdusalom Kurbonov kirish so‘zi bilan ochib, yaqinda bo‘lib o‘tgan 2016 yil birinchi choragida Respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan Hukumat yig‘ilishida ko‘tarilgan dolzarb masalalar va istiqboldagi ustivor vazifalarga to‘xtaldi. Shuningdek yig‘ilish davomida Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 oktyabrdagi 298 sonli qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi Rayosat majlisining 97 sonli bayoni ijrosining hududiy bo‘linmalari tomonidan bajarilgan ishlar yuzasidan “O‘zstandart” agentligi Bosh metrologi ma’lumot berdi.
Bulardan tashqari, “Standartlashtirish va Davlat nazoratini muvofiqlashtirish boshqarmasi” boshlig‘i, Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qarorlari ijrosini ta’minlash va tadbirkorlik sub’eklari o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berdi. Shundan so‘ng va agentlik tizimida axborot komunikatsiya tizimlarini joriy qilish hamda “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali” orqali interkaktiv xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ”Shtirixli kodlash markazi” DK direktori tahliliy axborot berdi.
Yig‘ilish so‘ngida “O‘zstandart” agentligi tizimi faoliyatini yanada rivojlantirish bilan bog‘liq taklif va tavsiyalash umumlashtirib, istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalarni hal qilish yakuni bo‘yicha Hay’at yig‘ilishining tegishli qarorlari qabul qilindi.
“O‘zstandart” agentligi Matbuot xizmati