O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 5 maydagi PQ-2343-sonli “2015-2019 yillarda energiya sig‘imini qisqartirish, iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohada energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha choralar dasturi to‘g‘risida”gi Qarorini bajarish maqsadida quyidagi Davlat standartlari ishlab chiqildi va amalga kiritildi:
• O’z DSt 3075:2016. Fotoelektrik tizimlar. Atamalar va ta’riflar;
• O’z DSt 3076:2016. Elektr tarmoqlariga ulanadigan quyosh fotoelektrik tizimlari. Tavsiyalarga, xujjatlarga, qabul qilishga va o‘rganib chiqishga qo‘yilgan minimal talablar.
Davlat standartlari, O‘zbekiston o‘ziga xos sharoitlari uchun talablarni va me’yoriy xujjatlar qoidalarini hisobga oluvchi qabul qilingan qarorlarga muvofiq va elektr tarmoqlariga ulanadigan fotoelektrik quyosh stansiyalarini qurishni rivojlantirishda milliy iqtisodiyot extiyojlarini aks ettiruvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar bilan xalqaro standartlar asosida “Quyosh energiyasi xalqaro instituti” MChJ mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan.
Yuqorida keltirilgan standartlar “O‘zstandart” agentligining tegishli qarorlari bilan tasdiqlangan va ilk bor 2016 yil 18 martdan amalga kiritildi.
Standartlarni sotib olish uchun quyidagi manzil bo‘yicha “O‘zstandart” agentligi “Axborot – ma’lumot markazi” DKga murojaat qilish tavsiya etiladi: Toshkent sh., Farobiy ko‘ch., 333A,
tel:249-18-66, e-mail: infocenter@standart.uz