O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida"gi F-53-son Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida talabalar, magistrlar, tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlar o‘rtasida "Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi" mavzusida ilmiy maqolalar tanlovi tashkil etildi.

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan o‘tkazilgan tanlovga jami 17 ta maqola topshirildi. Maqolalarni o‘rganish va tahlil qilish natijasida quyidagilar tanlov g‘oliblari deb topildi:

1-o‘rin: G.Shertoylokova – O‘zMMI Andijon filiali bosh mutaxassisi;

2-o‘rin: R.A.Usnatdinov – O‘zMMI DM Qoraqalpog'iston filiali mutaxassisi (B. Abubakirov, T.U. Kurbaniyazov – Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti o‘qituvchilari bilan hamkorlikda tayyorlangan)

3-o‘rin: M.Murodov – O‘zMMI Namangan filiali yetakchi mutaxassisi, M.Djurayeva – O‘zMMI mutaxassisi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbirda yosh olimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va moddiy rag‘batlantirish maqsadida Agentlik direktori tomonidan tanlov g‘oliblariga mukofotlar topshirilib, ilmiy maqolalar to‘plamini nashr qilishga tavsiya etildi.