"Uzbekistan Textile Standart & Certification capacity building program" grant dasturi doirasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda O‘zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi mutaxassislari KATRI (Korea Apparel Testing & Research institute)ning yengil sanoat mahsulotlarini sinash laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda.

Malakali mutaxassislar Janubiy Koreyaning KATRI ekspertlari hamrohligida laboratoriyada olib borilayotgan ish jarayonlarini ko‘zdan kechirib, kelajakda birgalikda solishtiruv sinovlarida qatnashish istagini bildirdi.