Oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi (Аnqara, 2024-yil 6-iyun) doirasida imzolangan Hamkorlik Bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil 24-26-iyul kunlari Turkiya Respublikasi Savdo vazirligi va Turk standartlari instituti ekspertlari hamkorligida Аnqara shahrida Аgentlik mutaxassislari uchun "Risk-Based Trade Control System" (TAREKS) bo‘yicha trening va amaliyot tashkil etildi.

Tadbir doirasida Turkiya Respublikasi Savdo vaziri o’rinbosari Mustafa Tuzcu va O‘zbekiston  texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktor o’rinbosari Timur Mashanpin o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va davlat nazorati sohasida hamkorlikning bugungi holati va yanada kengaytirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar soha yo’nalishida sheriklik munosabatlarini kengaytirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar va muhokama qilingan vazifalarni jadal amalga oshirish doirasida amaliy hamkorlik formatini kelishib oldilar.