Amaldagi Tamaki mahsulotlari to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirish maqsadida, qayta ko‘rib chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.05.2024 yildagi 290-sonli qarori bilan “Tamaki mahsulotlar to‘g‘risida”gi texnik reglament (keyinchalik Texnik reglament) tasdiqlandi.

Texnik reglamentda tamaki va nikotinli mahsulotlarga nisbatan quyidagi xavfsizlik talablari belgilandi:

- tartibga solinadigan moddalar tarkibining mumkin bo‘lgan maksimal ko‘rsatkichlari;

- tamaki mahsulotlarini tamg‘alash va qadoqlashga qo‘yiladigan yangi talablar, jumladan, texnik reglamentda tamaki mahsulotlarning iste’mol o‘rovida (qutisida) uning old tomonining yuqori qismidagi asosiy yuzasining kamida 65%ni hamda orqa tomonining pastki qismidagi asosiy yuzasining kamida 65% foizini egallaydigan, tamaki mahsulotini iste’mol qilish tufayli yuzaga kelgan kasallik oqibatlarini ko‘rsatuvchi tasvir va tegishli mazmundagi matn tarzida tibbiy ogohlantirish bo‘lishi kerakligi belgilandi;

- moslamalar bilan foydalanish uchun mo‘ljallangan tarkibida nikotin bo‘lgan va bo‘lmagan mahsulotlar uchun talablar;

- ishlab chiqarilgan tamaki mahsulotlarda nikotin va inson hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi boshqa moddalarning ruxsat etilgan maksimal darajasi bo‘yicha laboratoriya tekshiruvlari natijalari to‘g‘risida hisobot berish qoidalari;

- tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda tarkibiy qismlar sifatida foydalanishga ruxsat etilmagan moddalarning yangilangan ro‘yxati tasdiqlandi.

Texnik reglament 2025 yil 1 yanvardan boshlab amalga kiritiladi.