Bugun O‘zTTSA Jahon iqtisodiy tizimiga sohaning integratsiyalashuvi bo‘limi va Britaniya standartlar instituti (BSI) Tashqi Aloqalar boshqarmasi bilan onlayn tarzda uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikki va ko‘p tomonlama shakllarda hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Bunda Jahon savdo tashkiloti (WTO)ga kirish va talablarni bajarishda Yevropa va xalqaro standartlarni o‘rni, standartlarni qabul qilish va tarqatishda Angliya tajribasi yuzasidan fikr almashildi.
Shu bilan birga sifat tizimlariga beriladigan sertifikatlarni tan olish masalasi ham muhokama qilindi. Tomonlar standartlashtirish va muvofiqlikni baholash sohasida tajriba almashishga tayyorligini bildirishdi.
Tadbir yakuniga ko‘ra, sifat tizimlariga beriladigan sertifikatlarni tan olish masalasi yuzasidan vakolatli idoralar bilan muzokara olib borish va qo‘shimcha uchrashuvlar tashkil etishga kelishildi.