Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi “Zarbdor tekstil” korxonasida tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Hozirgi kunda korxona tayyor trikotaj maxsulotlarini Rossiya va Turkiyaga eksport qilmoqda.
O‘zTTSA “UzTEST” markazi Jizzax filiali mutaxassislari mazkur korxonada bo‘lib GSP+ tizimi bo‘yicha ma’lumotlar berib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni kelgusida Yevropa davlatlariga ham eksport qilish va bundagi imtiyozlar haqida tushuntirib o‘tishdi.
Shuningdek, korxonaga kelgusida ishlab chiqariladigan yangi turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish, eksport geografiyasini kengaytirish uchun xorijiy davlatlar standartlari talabini o‘rganishda va sohaga oid boshqa masalalarda amaliy yordam berish bo‘yicha hamda imtiyozlar asosida eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan xalqaro sertifikatlar (OEKO TEX) olish uchun xarajatlarni to‘lab berishda moliyaviy yordam olish mumkinligi bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi.