O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi, Qoraqalpog‘iston filiali xodimlari eksport salohiyatiga ega bo‘lgan Qorao‘zak tumanidagi "PANAEV FARMS” fermer xo‘jaligi faoliyati bilan tanishdilar.
Korxonaning Nukus shahrida joylashgan sut va sut mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan korxonasida “PANAMILK” brendi ostida sut mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Sutni qayta ishlash korxonasida 60 nafar yigit-qizlar faoliyat olib bormoqda.
Korxona tomonidan sut mahsulotlari bo‘lgan qaymoq, smetana va yogurt mahsulotlarini eksportga chiqarish bo‘yicha Qozog‘iston davlati bilan muzakarolar olib borilmoqda.
Korxona O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi, Qoraqalpog‘iston filiali ko‘magi bilan ISO 9001:2015 va ISO 22000:2019 standartlariga sertifikatlashtirilgan.