Assalomu alaykum hurmatli Shoxrux. Sizning murojaatingizga asosan quyidagilarni ma’lum qilamiz. “O‘zstandart” agentligi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy tashkilot sifatida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radi.
• ISO- Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot (to‘la xuquqlia’zo)
• OIML- Qonunchilik metrologiyasi xalqaro tashkiloti (muxbira’zo)
• MGS - Davlatlararo standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish kengashi (to‘la xuquqli a’zo)
• MAS- Standartlashtirish bo‘yicha mintaqalararo uyushmasi (to‘la xuquqlia’zo)
• COOMET - Yevro-Osiyo milliy metrologiya institutlari hamkorligi (to‘la xuquqlia’zo).
“O‘zstandart” agentligi quyidagi xorijiy davlatlarning standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi:
MDH davlatlari, Misr Arab Respublikasi, Eron Islom Respublikasi, Litva Respublikasi, Slovakiya Respublikasi, Turkiya, Singapur Respublikasi, Janubiy Koreya, Yunoniston (Gretsiya), Germaniya Federativ Respublikasi, Chexiya Respublikasi, Buyuk Britaniya, Vengriya, Vietnam, Hindiston Respublikasi, Indaneziya Respublikasi, Ispaniya Qirolligi, Xitoy Xalq Respublikasi, Latviya Respublikasi, Polsha Respublikasi, Frantsiya.