O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida Xitoyning China Certification & Inspection Group (CCIC), Central Asia Co..LTD direktori Xu Wenxian bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida Xitoyning China Certification & Inspection Group (CCIC), Central Asia Co..LTD direktori Xu Wenxian bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Tatariston Respublikasi hududiy standartlashtirish, metrologiya va sinov markazi (FBU SSM Tatarstan) direktori Ibragimov Oleg Yevgenevich bilan uchrashdi.
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Saudiya Arabistonining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yusuf al-Utaybiy bilan uchrashdi.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Italiyaning Turin politexnika universiteti rektori Stefano Paolo Kornyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Fransiya taraqqiyot agentligi vakillari bilan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Malayziya Standartlar departamenti (Malaysian Standards Department) bosh direktor vazifasini bajaruvchi Hussalmizzar Hussain va bosh direktor o‘rinbosari Puan Nor Latifah binti Hussin bilan uchrashdi.
Bugungi kunda respublikamiz miqyosida energiya samaradorligi va tejamkorligi yoʻnalishida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar nafaqat mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish, balki katta miqdordagi mablagʻlarni iqtisod qilish, uni boshqa istiqbolli loyihalar roʻyobi uchun yoʻnaltirish imkoniyatini yaratmoqda.
Aziz yurtdoshlar, hurmatli tadbirkor va ishbilarmonlar O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda ekanligini ma’lum qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida"gi F-53-son Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida talabalar, magistrlar, tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlar o‘rtasida "Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi" mavzusida ilmiy maqolalar tanlovi tashkil etildi.
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov ruminiyalik xalqaro ekspert Daniela-Elena CLEJANU bilan uchrashuv oʻtkazdi.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov raisligida agentlik va uning tizim tashkilotlari tomonidan joriy yilning yanvar–noyabr oylari davomida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularni bartaraf etish borasida ko‘rilayotgan choralar hamda yil yakuniga qadar bajarilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 22-29-noyabr kunlari Osiyo–Tinch okeani metrologiya dasturi (APMP)ning 40-bosh assambleyasi va uning doirasida tashkil etilgan tadbirlarga Hindiston Respublikasi Nyu-Dehli shahridagi Hindiston milliy fizika laboratoriyasi (NPLI) mezbonlik qildi.
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob Shin Myung Seop bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Joriy yilning 29-noyabr kuni Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari hamda Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi IQNet xalqaro sertifikatlash tashkilotining tegishli qaroriga muvofiq IQNet xalqaro sertifikatlash tarmogʻiga aʼzo boʻldi.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi hamda "Korzinka" savdo tarmog‘i o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Mazkur kelishuvning asosiy maqsadi — tovarlar sifatini nazorat qilish va sertifikatlashda yanada yuqori darajaga erishishdir.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahridagi "KARAKALPAK BASALTWOOL" masʼuliyati cheklangan jamiyati hamda Xo‘jayli tumanida faoliyat yurituvchi "CAPITAL UNITED PARTNERS" masʼuliyati cheklangan jamiyatida oʻrganish olib borildi.
Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtayotgan Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti (SMIIC) Bosh Assambleya yigʻilishi doirasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Misr standartlashtirish va sifat tashkiloti (EOS), Eron milliy standartlashtirish tashkiloti (INSO) vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.
Joriy yilning 13-noyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida SMIICning navbatdagi 19-Bosh Assambleya yigʻilishi o‘z ishini boshladi. 40 dan ortiq aʼzo davlatlar qatorida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov rahbarligidagi delegatsiya vakillari ham mazkur xalqaro tadbirda ishtirok etmoqda.
Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtayotgan Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti (SMIIC) Bosh Assambleya yigʻilishi doirasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Saudiya standartlar, metrologiya va sifat tashkiloti (SASO), Qatar standartlashtirish tashkiloti (QS) delagatsiyasi vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.