“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori tomonidan tasdiqlangan rejaga ko‘ra navbatdagi sayyor qabul joriy yilning 18 noyabr kuni Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida tashkil etildi.
Navbatdagi sayyor qabulda “O‘zstandart” agentligi “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” DK direktori J. Shukurov va “O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining Matbuot kotibi A. Rasulov ishtirok etdilar.
Uchrashuv Quvasoy shahar hokimligi bilan birgalikda tashkil etilib, unga yuz nafar tadbirkorlar va kichik biznes vakillari taklif qilindi. Yig‘ilishda “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” DK direktori so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan kichik biznes vakillari uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlarga batafsil to‘xtaldi.
Shuningdek, ularning faoliyatlarida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ishlarining muhimligi va bu yo‘nalishlarda ham amalga oshirilayotgan ishlarning ko‘lami haqida ma’lumotlar berdi.
E’tiborli tomoni shundaki, shu yerning o‘zida sayyor qabul yig‘ilishidan so‘ng tuman miqyosida faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish korxonalarning vakillari ishtirokida xalqaro sifat tizimlarini joriy etishning istiqbollari mavzusida seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda Farg‘ona Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi va Sinov va sertifikatlashtirish markazining xodimlari ishtirok etib yig‘ilganlarga sohaga oib qiziqarli ma’lumotlarni berdilar.
Eng muhimi yig‘ilish avvalida seminar qatnashchilariga yuzdan ortiq bukletlar, tarqatma materiallari berilib, maxsus tayyorlangan video roliklarning namoyishi ham tashkil etildi.
- Главная
- Об агентстве
- Документы
- Служба новостей
- Пресс-релиз
- Анонсы и тендеры
- Видео
- Галерея
- Новости
- Публикации в прессе и выступления руководства агентства «Узбекское агентство по техническому регулированию»
- Cтраницы Конституции
- Аналитические данные
- Показатели отрасли
- Открытые материалы
- Перечень конфиденциальной информации
- Государственные программы
- Публичная информация в соответствии с бюджетным законодательством
- Молодежная политика
- Деятельность
- Услуги
- Электронное правительство
- Контакты