Joriy yilning 17 noyabr kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan korxonalarda standartlashtirish metrologiya, sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishning dolzarb masalalariga oid o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarni Mirzo Ulug‘bek tuman hokimi o‘rinbosari D.I. Atayev ochib berdi va o‘z so‘zida hukumatimiz tomonidan ishbilarmonlar va tadbirkorlik sub’ektlari uchun berilayotgan imtiyozlar haqida gapirib o‘tdi.
Shu bilan birga, seminar davomida Toshkent shahar Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig‘i X. Babaxanova, “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasining Sifat tizimlarini joriy etish bo‘limi boshlig‘i A. Rasulov va “Total Quality Service” MChJ menejment tizimlarini sertifikatlashtirish idorasi rahbari O. Vorobyova so‘zga chiqib, Toshkent shahridagi korxonalarning bugungi kundagi mahsulot eksport qilish salohiyati haqida, xalqaro standartlarga muvofiq sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishning ahamiyati hamda standartlashtirish metrologiya, sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish sohalariga oid qonun va qonun osti hujjatlar xaqida va bugungi kunda xalqaro standartlarga muvofiq sifatni boshqarish tizimlarini joriy etgan korxonalar uchun hukumat tomonidan berilgan imtiyozlar haqida gapirib o‘tdilar.
Bunday seminarlarning tashkil etilishidan asosiy maqsad, Respublikaning mahsulot eksport salohiyatini kengaytirish hamda mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarda standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish sohalariga oid yangiliklarni, shuningdek, hukumat tomonidan bugungi kunda ishbilarmonlar va tadbirkorlik sub’ektlari uchun berilgan imtiyozlarni tushuntirish bo‘lib, seminarga yig‘ilgan tinglovchilarning qiziqtirgan barcha savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.
- Главная
- Об агентстве
- Документы
- Служба новостей
- Пресс-релиз
- Анонсы и тендеры
- Видео
- Галерея
- Новости
- Публикации в прессе и выступления руководства агентства «Узбекское агентство по техническому регулированию»
- Cтраницы Конституции
- Аналитические данные
- Показатели отрасли
- Открытые материалы
- Перечень конфиденциальной информации
- Государственные программы
- Публичная информация в соответствии с бюджетным законодательством
- Молодежная политика
- Деятельность
- Услуги
- Электронное правительство
- Контакты