Poytaxtimizning Bektemir tumanida joylashgan korxonalarda «O‘zstandart» agentligining tashabbusi bilan standartlashtirish metrologiya, sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish sohalarini rivojlantirishga oid o‘quv seminari tashkil etildi.
Respublikamizda mahsulotlarning eksport salohiyatini kengaytirish hamda mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarda standartlashtirish metrologiya, sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish sohalariga oid yangiliklarni, shuningdek xukumatimiz tomonidan bugungi kunda ishbilarmonlar va tadbirkorlik sub’ektlari uchun berilgan imtiyozlarni tushuntirish maqsadida 2016 yil 15 noyabr kuni Toshkent shahar Bektemir tumani hokimligi binosida 50 ga yaqin mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbarlari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga sifat tizimlarini joriy etish sohasiga doir tarqatma materiallar berildi.
Seminarni Toshkent shahar sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi direktori o‘rinbosari M.G‘afurov ochib berdi va u o‘z so‘zida “O‘zstandart” agentligi tomonidan Respublikadagi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini oshirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdi.
Undan so‘ng Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti menejment tizimlarini sertifikatlashtirish idorasi rahbari A.S.Allaberganova so‘zga chiqib, xozirda xalqaro standartlarga muvofiq sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish axamiyati hamda standartlashtirish metrologiya, sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish sohalariga oid qonun va qonun osti hujjatlari haqida so‘zladi.
Shuningdek, seminar davomida Toshkent shahar sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi sifat tizimlarini joriy etish bo‘limi boshlig‘i L.X.Boboyev bugungi kunda xalqaro standartlarga muvofiq sifatni boshqarish tizimlarini joriy etgan korxonalar uchun hukumat tomonidan berilgan imtiyozlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.
- Главная
- Об агентстве
- Документы
- Служба новостей
- Пресс-релиз
- Анонсы и тендеры
- Видео
- Галерея
- Новости
- Публикации в прессе и выступления руководства агентства «Узбекское агентство по техническому регулированию»
- Cтраницы Конституции
- Аналитические данные
- Показатели отрасли
- Открытые материалы
- Перечень конфиденциальной информации
- Государственные программы
- Публичная информация в соответствии с бюджетным законодательством
- Молодежная политика
- Деятельность
- Услуги
- Электронное правительство
- Контакты