O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining «2024-yil uchun O’zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-422-son qarorning 7-ilovasi bilan tasdiqlangan “Birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarning 2024 — 2026 yillar uchun byudjet mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq maqsadli indikatorlari”ning 18.4-bandida “Etalonlarva yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini xarid qilish dasturi” tasdiqlangan hamda 2024-yil uchun davlat byudjetidan 27,0 mlrd.so‘m mablag‘ ko‘zda tutilgan.
Dasturga asosan, Agentlik tizim tashkiloti “O’zbekiston milliy metrologiya instituti” DM tomonidan umumiy qiymati 27,0 mlrd. so‘mlik yuqori aniqlikdagi 3 ta etalon xaridi uchun belgilangan tartibda texnik topshiriqlar ishlab chiqildi hamda ajratilgan mablag‘lar doirasida xarajatlar smetasi tuzilib O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligidan ro‘yhatdan o‘tkazildi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari tayyorlanib, xarid komissiyasi bilan kelishildi hamda 2024-yil 18-mart sanasida cheklanmagan mikdordagi shaxslarga maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimida (https://etender.uzex.uz) shuningdek, “O’zbekiston milliy metrologiya instituti” DM rasmiy veb-saytida tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon joylashtirildi (elon qilindi).