O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Markaziy apparatidagi vakant bo‘lgan Bosh yuriskonsult lavozimiga ishga qabul qilish maqsadida ochiq tanlov e’lon qiladi. Tanlovda ishtirok etishni bildirgan nomzodlar quyidagi malakaviy talablarga mos holda tanlovda qatnashishlari mumkin.

Vakant lavozim nomi

Bosh yuriskonsult

Tashkilot nomi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Ma’lumoti

Oliy yuridik

Maosh

Shtat jadvaliga muvofiq

Eng kam talab etiladigan malakaviy talablar

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, mehnat munosabatlariga oid normativ huquqiy xujjatlar, sohaga oid Prezident Farmonlari va qarorlari, VM karorlari va boshqa normativ huquqiy xujjatlar, normativ huquqiy xujjatlar bilan ishlash ko‘nikmalari, davlat va rus tilida to‘liq ish yuritish ko‘nikmasi

Talab etiladigan eng kam ish staji

3-5 yil

Bandlik

To‘liq

Nomzodlar o‘zlarining rezyume, ma’lumotnoma (ob’ektivka)larini (bog‘lanish ma’lumotlarini kiritgan holda) agentlikning info@standart.uz, uzst@standart.uz elektron manzillariga 2022 yilning 15 aprel kunidan 24 aprel kuniga qadar taqdim etishlari mumkin.