O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi markaziy apparatidagi “Agentlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bo‘limi”da vakant bo‘lgan “bo‘lim boshlig‘i” lavozimiga ishga qabul qilish maqsadida ochiq tanlov e’lon qiladi. Tanlovda ishtirok etishni bildirgan nomzodlar quyidagi malakaviy talablarga mos holda tanlovda qatnashishlari mumkin.
Vakant lavozim nomi |
Bo‘lim boshlig‘i |
---|---|
Tashkilot nomi |
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi |
Ma’lumoti |
Oliy |
Maosh |
Shtat jadvaliga muvofiq |
Eng kam talab etiladigan malakaviy talablar |
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, sohaga oid Prezident Farmonlari va qarorlari, VM karorlari va boshqa normativ huquqiy xujjatlar, normativ huquqiy xujjatlar bilan ishlash ko‘nikmalari, agentlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qabul qilingan hujjatlar, davlat va rus tilida to‘liq ish yuritish ko‘nikmasi. |
Talab etiladigan eng kam ish staji |
1-3 yil komplayens nazorati sohasida ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim. |
Bandlik |
To‘liq |
Nomzodlar o‘zlarining rezyume, ma’lumotnoma (ob’ektivka)larini (bog‘lanish ma’lumotlarini kiritgan holda) agentlikning info@standart.uz, uzst@standart.uz elektron manzillariga 2022 yilning 11 mart kunidan 16 mart kuniga qadar taqdim etishlari mumkin.