“O‘zstandart” agentligi tomonidan Xalqaro Standartlashtirish Tashkilotiga a’zo davlatlarning tajribalarini o‘rganib chiqqan holda bir qator qo‘llanma loyihalari ishlab chiqildi.
Standartlarda sanoat korxonalari uchun gigiyena, infeksiya va uni oldini olish, umumiy ovqatlanish ob’ektlarida, transport, kemping xizmatlari, ko‘ngilochar, ma’rifiy, ishbilarmonlik, davolash-sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport muassasalarida va dam olish maskanlarida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalar bayon etilgan.
Shuningdek, standartlar korxona ishchi va xodimlarining salomatligini himoya qilish uchun maqbul mehnat sharoitini va mehnat jarayonini tashkil etish, profilaktik tadbirlarni amalga oshirish, turistlarning salomatligini ta’minlash maqsadida ularga sanitariya-gigiyenik xavfsiz xizmat ko‘rsatish bo‘yicha umumiy talablarni belgilaydi.
Agar sizda qo‘llanma loyihalari bo‘yicha fikr va muloxazalar bo‘lsa, “O‘zstandart” agengtligining uzstandard@gmail.com va uzst@standart.uz elektron pochtasiga yuborishingizni so‘raymiz.
«O‘zstandart» agentligi
Xalkaro munosabatlar boshqarmasi
- O'z DSt 37.____ :2020 Korxonalar faoliyatining xavfsiz sharoitlarini standartlar tizimi. Turistik industriya ob'ektlarida xavfsiz turistik xizmatlar ko‘rsatishga doir tavsiyalar
- O'z DSt 37.____ :2020 Korxonalar faoliyatining xavfsiz sharoitlarini standartlar tizimi. Sanoat korxonalari uchun gigiena, infeksiya va uni oldini olish bo‘yicha qo‘llanma. Tavsiyalar
- O'z DSt 37.____ :2020 Korxonalar faoliyatining xavfsiz sharoitlarini standartlar tizimi. Kempinglar va dam olish maskanlarida xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalar
- O'z DSt 37.____ :2020 Korxonalar faoliyatining xavfsiz sharoitlarini standartlar tizimi. Jamoat ovqatlanish joylariga nisbatan boshqaruv prinsiplari va tavsiyalar
- O'z DSt 37.____ :2020 Korxonalar faoliyatining xavfsiz sharoitlarini standartlar tizimi. Turizm bo‘yicha qo‘llanmalar va tavsiyalar