Har yili ISO halqaro tashkiloti Bosh Assambleya yig‘ilishini o‘tkazishdan avval, o‘tgan yildagi ishlari sarhisob qilinadi.
Kengash tomonidan 2020 yilning sentyabr oyida Birlashgan Arab Amirligining Abu Dabi shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Bosh Assambleya yig‘ilishi pandemiya munosabati bilan onlayn tarzda o‘tkazishga qaror qilindi. Ushbu onlayn tadbirda dunyoning 160 dan ortiq davlatlarning milliy standartlashtirish tashkilotlari ishtirok etadi.
2019 yil ISO xalqaro tashkiloti uchun samarali va kutilgan natijalarga boy yil bo‘ldi. O‘tgan yilda 84,000 sahifadan iborat 1638 ta xalqaro standart va tavsiyanomalar nashr etildi, bu boshqa yillarga nisbatan ancha ko‘pdir.
Axborot xafvsizligi va maxfiyligi tahdidlariga qarshi kurashishda muhim rol o‘ynaydigan ISO /IEC 27701 standarti, yangi innovatsiyalarni boshqarish uchun yaratilgan ISO 56002 standarti shular jumlasidandir.
Xalqaro standartlar soni 2019 yil 31 dekabr holatiga ko‘ra 22 913 ta, standartlarni ishlab chiqadigan texnik qo‘mitalar soni 3632 ta, 61ta mamlakatda o‘tkazilgan uchrashuvlar soni 3677tani tashkil etdi.
Ishlab chiqilgan standartlar ingliz va fransuz tilida mavjud bo‘lgan milliondan ortiq sahifalarni o‘z ichiga oladi.
Xalqaro standartlarni nashr etish asosan 5 ta tarmoqda yuqori ko‘rsatgichlarga erishildi, bular Axborot texnologiyalar, grafika va fotografiya (21,7%), mashinasozlik (15,0%), transport (12,5%), metall bo‘lmagan materiallar (8,9%), sog‘liqni saqlash, tibbiyot va laboratoriya jihozlari (6,8%) kabi sohalaridir
Texnik qo‘mitalarning dasturiga jami 4,702ta ish o‘rni kiritilgan bo‘lib, shundan 2025 yangi ish joyi ro‘yxatga olingan. Kuniga o‘rtacha 28ta texnik uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Jenevada joylashgan ISO markaziy kotibiyatining muhim raqamli ko‘rsatgichlari korxonaning o‘z maqsadlariga erishishda natija va samaradorligini ko‘rsatadi. 2019 yil davomida qariyb 150 kishi ish bilan ta’minlandi, 24 millatdan iborat ishchi guruhi bir jamoa sifatida astoydil mehnat qilib qelmoqda.
Ayollarning erkaklarga nisbati 59/41 nisbati, bu o‘z navbatida ISO faoliyatida gender muvozanati muhimligining yorqin namunasidir.
ISO xalqaro tashkiloti kelgusi yillarda xam o‘z maqsadlari va strategiyalariga erishish uchun yuqoridagi tamoyillarga asoslanib ish olib boradi.
Xalqaro standartlashtirish tashkilotining (ISO) 2019 yil xisoboti bilan batafsil quyidagi link orqali tanishish mumkin https://www.iso.org/ru/annual-reports.html