Yangiliklar



Adliya vazirligida 2015 yil 30 dekabrda 2748-son bilan ro‘yxatga olingan «Muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor bo‘lgan mutaxassislarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ga asosan "O‘zstandart" agentligi tomonidan «Muvofiqlikni baholash. Muvofiqlikni baholash organlarining xodimlari. Layoqatlilik mezonlari» me’yoriy hujjat loyihasi ishlab chiqildi.

2016 yil 26-27 yanvar kunlari “O‘zstandart” agentligida «Xalqaro elektrotexnika qo‘mitasi faoliyati va ISO/IEC 50001 standartini joriy etishni amalga oshirish tajribasi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. 

Mamlakatimiz ta’lim tizimini zamonaviy, jahon talablariga mos ravishda isloh qilish muvaffaqiyatli amalga oshirilib, mamlakatimizda yetuk, har tomonlama malakali mutaxassislar tayyorlashga hukumatimiz tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Агентством «Узстандарт» сформирован проект "Плана республиканской стандартизации по разработке новых и пересмотру действующих государственных стандартов на 2016 год"

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktorining 2016 yil 4 yanvardagi “Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 2-sonli buyrug‘i ro‘yxatdan o‘tkazildi (2016 yil 16 yanvardagi 2754-sonli).
 

2015 yilning 19 yanvarida “O‘zstandart” agentligining katta majlislar zalida 2015 yil tashkilot faoliyatining natijalari bo‘yicha kengaytirilgan Xay’ati majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis ishida barcha tuzilma bo‘linmalar, hududiy boshqarmalar va “O‘zstandart” agentligiga qarashli tashkilotlarning rahbarlari qatnashdilar

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2016 yil 11 yanvardagi “Shahar yo‘lovchi transporti xizmatlarini sertifikatsiyalash qoidalari, shuningdek, ularga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘risida”gi qarori ro‘yxatdan o‘tkazildi (2016 yil 13 yanvardagi 950-2 – sonli).

 

2015 yil 26 noyabr kuni “O‘zstandart” agentligida “ISO 50001 standarti talablari asosida energetika tizimlarini boshqarishni joriy etish bo‘yicha” amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar Germaniyaning halqaro hamkorlik tashkilotini (GIZ) “O‘rta Osiyoda hududida savdoni qo‘llab quvvatlash” Dasturi yordamida “DQS Quality Systems” ekspertlarini jalb qilish orqali tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish  to‘g‘risida” gi qonuniga 2013 yil 30 aprelda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan, O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirishga doir quyidagi toifadagi normativ hujjatlar qo‘llanilishi belgilangan:
xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar;
O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlari;
Tashkilotning standartlari;
Xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari. 

Yagona portalda “Oʻzstandart” Agentligining oʻlchashlarni bajarish uslubiyatini attestatlash va uni Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish uchun elektron ariza taqdim etish imkoniyatini beruvchi yangi xizmati ishga tushirildi.

Sayyor qabul Namanganda!

Vazirlar Mahkamasining mashinasozlik, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish va mahsulotlarni standartashtirish masalalari Kompleksi tarkibidagi idora va xo‘jalik birlashmalari rahbarlarining 2015 yil 2-yarim yillik uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabul rejasiga asosan, “O‘zstandart” agentligi rahbariyatining mazkur masallar yuzasidan sayyor qabuli davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 noyabrdagi 326-sonli qarori bilan “Siqilgan tabiiy gaz, suyultirilgan gaz yoki dizel va gaz yoqilg‘isi aralashmasi bilan ishlaydigan transport vositalari xavfsizligi umumiy texnika reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Umumiy texnik reglament tasdiqlandi. Ushbu texnik reglament rasmiy e’lon qilingan paytdan e’tiboran olti oy o‘tgach amalga kiritiladi.

Yagona portalda “Oʻzstandart” Agentligining standart namunalarni attestatlash va oʻlchash vositalari Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish uchun elektron ariza taqdim etish imkoniyatini beruvchi yangi xizmati ishga tushirildi.

"O'zstandart" agentligi tomonidan "Elektron Hukumat" tizimini rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda Yagona interaktiv davlat xizmatlar portali orqali Standartlashtirish bo'yicha normativ hujjatlarni ekspertizadan o'tkazish uchun ariza taqdim etish iteraktiv xizmat turi joriy etildi.

"O'zstandart" agentligi 2015 yil 1 avgustidan O‘z DSt 8.029:2014 "O'zbekiston Respublikasining o'lchashlar birligini ta'minlash tizimi. O'lchash vositalarini kalibrlash. Asosiy qoidalar" davlat standarti amalga kiritilganligini ma'lum qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 6 noyabrdagi 319-sonli qarori bilan “Metallurgiya mahsulotlari xavfsizligi to‘g‘risida”gi Umumiy texnik reglament tasdiqlandi. Ushbu texnik reglament rasmiy e’lon qilingan paytdan e’tiboran olti oy o‘tgach amalga kiritiladi.

 

KOICA tashkilotining tashrifi

2015 yilning 1-6 noya.brlarida "Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish va Bosh rivojlantirish rejasini ishlab chiqish yo‘li bilan "O‘zstandart" agentligi imkoniyatlarini oshirish" loyihasini amalga oshirish bo'yicha Koreya Respublikasining KOICA tashkiloti mas'ullari "O'zstandart" agentligiga tashrif buyurishdi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 apreldagi 86-sonli "Respublikada sotiladigan maishiy elektr priborlarini, yangidan quriladigan binolar va inshootlarni energetika jihatidan majburiy markirovkalash va sertifikatlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida O’zDSt 3017:2015 "Maishiy va boshqa energiya sarflaydigan qurilmalarning energetik samaradorligi va ularni tamg‘alash" O'zbekiston Respublikasining davlat standarti qabul qilindi.