Yangiliklar



«Yangi davlat standartlarni ishlab chiqish va amaldagilarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha respublika standartlashtirish rejasi»ga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining o‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimining, tolali-optik aloqa liniyalarida va axborot uzatishda foydalaniladigan optik diapazon o‘lchash vositalarini qiyoslash uslubiyatlarini reglamentlaydigan standartlar ishlab chiqildi.

Korxona va tashkilot rahbarlariga

“Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi” Davlat korxonasida o‘lchov vositalari va uskunalarini metrologik shaxodatlash (attestatlash), sertifikatlashtirish va sinash jarayonini tashkil etish maqsadida «O‘lchov vositalari va sinov uskunalarini sertifikatlashtirish idorasi» akkreditlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 4 aprelidagi PQ-2514-son bilan, 2015 yil 29 maydagi Burabay (Qozoqiston Respublikasi) shahrida MDH hukumat boshliqlari Kengashi yig‘ilishida imzolangan «O‘lchov vositalarini tekshirish va kalibrlash, metrologik attestatsiya qilish, turini tasdiqlash maqsadida sinov natijalarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi kelishuv» tasdiqlandi. Mazkur Qaror 2016 yil 11 aprel kunidan boshlab kuchga kirdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 30 iyuldagi 207-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “2014-2018 yillarda texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturini amalga oshirish doirasida “O‘zdonmahsulotlari” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda “Donni qayta ishlash mahsulotlari havfsizligi to‘g‘risida»gi maxsus texnik reglament loyihasining birinchi tahriri ishlab chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktorining 2016 yil 22 fevraldagi 98-sonli “Mahsulotning xavfsizlik talablariga muvofiqligini deklaratsiyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i 2016 yil 18 martda 1465-2-son bilan ro‘yxatga olindi.

Joriy yilning 30 mart kuni “O’zstandart” agentligining katta majlislar zalida “Oziq-ovqat va yengil sanoatda sifatni nazorat qilish uchun zamonaviy laboratoriya uskunalari” mavzusidagi seminar bo’lib o’tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 18 martdagi 80-sonli Qarori bilan “Qishloq xo‘jaligi texnikalari konstruksiyasining xavfsizligi to‘g‘risida”gi Umumiy texnik reglamenti tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 avgustdagi 373-sonli “O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Qiyoslashdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yxatini tasdiqlash yuzasidan «O‘zstandart» agentligi Bosh direktorining buyrug‘i loyihasi tayyorlandi. 

«O’zstandart» agentligi chin dildan go’zal bahoriy bayram Navro’z bilan respublikamiz xalqini tabriklaydi. 

Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Germaniya jamiyati (GIZ) tomonidan tashkil etilgan «Xalqaro sifat tizimi uchun talablar va tahliliy laboratoriya sinov usullarini tekshirish» mavzusida «O‘zstandart» agentligida joriy yilning 15-martidan 18-martigacha seminar bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi o‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimi normativ-xuquqiy bazasini takomillashtirish maqsadida «O‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish qoidalari» loyihasi tayyorlandi.

Hashar elga yarashar

Ma’lumki Respublikamizda 12-13 mart kunlari umumxalq hashari deb e’lon qilindi. Barcha joylarda bo‘lgani kabi “O‘zstandart” agentligi jamosining tashabbusi bilan 12 mart kuni xayriya hashari o‘tkazildi. 

Olam go‘zalligi sizda mujassam

2016 yilning 5-mart kuni “O‘zstandart” agentligining katta majlislar zalida, 8-mart halkaro-xotin qizlar bayrami munosabati bilan, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish tizimida fidoiylik bilan mehnat qilayotgan barcha ayollar uchun bayram dasturi tashkil etildi. 

O‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi standartlari loyihasi muhokama qilish uchun qo‘yilmoqda 

Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Germaniya jamiyati (GIZ) tomonidan tashkil etilgan “Xalkaro talablar va eng yaxshi amaliyot, standartlar va texnik reglamentlar ishlab chiqishda davlat va xususiy sektorning dialogi mexanizmi” mavzusida “O‘zstandart” agentligida joriy yilning 16 fevralida seminar bo‘lib o‘tdi.

Ta’ziya

"O‘zstandart" agentligi jamoasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig‘i, Garribayev Kuanishbay Arzibekovichning bevaqt vafot etganligi munosabati bilan uning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiradi.

“STANDART” ilmiy-texnika jurnali

“O‘zstandart” agentligi tomonidan nashr etiladigan “STANDART” ilmiy-texnika jurnalining 2016 yildagi birinchi soni chiqarildi.