“SOLIQ INFO” gazetasining 2016 yil 16 iyundagi 24-chi sonida “O‘zstandart” tekshiruviga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak” maqolasi chop etildi.
“SOLIQ INFO” gazetasining 2016 yil 16 iyundagi 24-chi sonida “O‘zstandart” tekshiruviga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak” maqolasi chop etildi.
Respublikaning sport va ta’lim muassasalarini sifatli sport asbob-uskunalari bilan ta’minlash, xalqaro sifat standartlariga va foydalanish xavfsizligiga javob beradigan zamonaviy sport asbob-uskunalari va anjomlari ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016 yil 14 iyunda “Xalqaro sifat standartlariga va foydalanish xavfsizligiga javob beradigan sport asbob-uskunalari va anjomlari ishlab chiqarishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 202-sonli qarori qabul qilindi.
“O‘zstandart” agentligining 2016 yil 17-iyundagi MTR-6 sonli qarori bilan «Sirlangan po‘lat xo‘jalik idish-tovoqlar xavfsizligi» to‘g‘risidagi maxsus texnik reglament tasdiqlandi.
2016 yilning 13-14 iyun kunlari «O‘zstandart» Agentligining kichik majlislar zalida «ISO/IEC 17043 standarti. Muvofiqlikni baholash. Sinov laboratoriyalar imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazish uchun asosiy talablar» mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
“O‘zstandar” agentligining 2016 yil 31 maydagi 05-765 sonli qarori bilan 2016 yil 1 iyundan O’z DSt 3084:2016 “Organik qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari. Atamalar va ta’riflar” Davlat standarti joriy etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2015 yil 11 noyabrdagi 326-sonli qorori bilan tasdiqlangan «Siqilgan tabiy gazda, suyultirgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida» gi umumiy texnik reglamentda belgilangan sinov usullarini bajarish bo‘yicha «ALJ-Samarqand» mas’uliyati cheklangan jamiyati va «AVTO STANDART ETALON» mas’uliyati cheklangan jamiyati sinov laboratoriyalari o‘rnatilgan tartibda akkreditatsiya qilindi.
Joriy yilning 10 iyun kuni ”O‘zstandart” agentligining tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlashda qonunchilikning ahamiyati va o‘rni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 18 martdagi “Qishloq xo‘jaligi texnikalari konstruksiyasining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash to‘g‘risidagi” 80-sonli qarorini bajarish maqsadida vakolatli idoralar bilan birgalikda “O‘zstandart” agentligi tomonidan tahlil o‘tkazildi va ko‘rsatilgan umumiy texnik reglament amalga kiritilgandan so‘ng ixtiyoriy qo‘llash tusiga ega bo‘ladigan standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar ro‘yxati tayyorlandi.
9 iyunda Akkreditatsiya bo‘yicha xalqaro forum (International Accreditation Forum, IAF) bosh assambleyasi va laboratoriyalarni akkreditatsiyalash bo‘yicha xalqaro xamkorlik (International Laboratory Accreditation Cooperation, ILAC) tomonidan tashkil etilgan Butun jaxon akkreditatsiya kuni nishonlanadi.
“O‘zstandart” agentligining 31.05.2016 yildagi 05-763 sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining davlat standarti O’z DSt 16.11:2016 “Muvofiqlikni baholash. Turli xildagi inspeksiya o‘tkazuvchi idoralarini ishlashiga talablar” qabul qilindi.
“O‘zstandart” agentligining bir guruh mutaxassislari “O‘zagroeksport” Aksiyadorlik jamiyati Maxsuslashgan Tashqi Savdo Kompaniyalari hamkoligida tashkil etilgan “Eksport qilinuvchi meva-sabzavot mahsulotlariga qo‘yilgan xalqaro standart talablari va ularni sertifikatlashtirish masalasi” mavzusidagi amaliy seminarda ishtirok etdilar.
E’tiborli tomoni shundaki, “O‘zstandart” agentligi tomonidan o‘tgan yillar davomida Respublikamiz korxonalarida sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish masalasiga jiddiy e’tibor qaratmoqda.
Joriy yilning 30 may kuni Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish bo‘yicha idoralararo kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
2016 yil 23 maydan 27 maygacha Minsk shahrida (Belarus Respublikasi)Belarus Respublikasining Standartlashtirish davlat qo‘mitasining Belarus davlat metrologiya instituti bazasida metrologiya bo‘yicha Ilmiy-texnik komissiyaning 43-chi yig‘ilishi, nazariy metrologiya bo‘yicha Ishchi guruhning 16-chi yig‘ilishi hamda Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengashning (MGS) sog‘liqni saqlash sohasidagi o‘lchashlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha Ishchi guruhning 2-chi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 31 may kuni “O‘zstandart” agentligining tashabbusi bilan “Maishiy elektrpriborlarini energiya samaradorligini aniqlash va tamg‘alashning dolzarb masalalari” mavzusida seminar tashkil etildi.
“O‘zstandart” agentligi “Qo‘qon sinov va sertifikatlashtirish markazi” Davlat korxonasining sinov bazasini rivojlantirish reja-dasturiga muvofiq, Kalibrlovchi laboratoriyalar majmuasiga KNS-10.2 turidagi Svetofiltrlar to‘plami xarid qilindi.
Qog‘oz va karton mahsulotlarni ishlab chiqarish soxasida 10 ta Davlat standartlarining amal qilish muddati uzaytirildi.
Milliy akkreditatsiya organining qaroriga asosan Davlat reyestriga yangi xodimlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha yangi organ kiritildi.
2016 yil 16 may O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.11.2016 yildagi 326-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida” umumiy texnik reglament amalga kiritildi.
2016 yilning 18-20 may kunlari OAJ MKK “O‘zekspomarkaz”ning ko‘rgazma maydonchalarida “O‘zbekiston Neft va Gazi – OGU 2016” 20-xalqaro yubiley ko‘rgazma va konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.