391 - sonli Davlatlararo texnik qo‘mita mutahassislari tomonidan GOST “Zamki seyfovыe. Trebovaniya i metodы ispыtaniy na ustoychivost k nesanksionirovannomu otkrыvaniyu” davlatlararo standartining loyihasi tayyorlangan.
391 - sonli Davlatlararo texnik qo‘mita mutahassislari tomonidan GOST “Zamki seyfovыe. Trebovaniya i metodы ispыtaniy na ustoychivost k nesanksionirovannomu otkrыvaniyu” davlatlararo standartining loyihasi tayyorlangan.
2016 yil 18-22 iyul kunlari Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) grant mablag‘lari asosida moliyalashtirilayotgan “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish va Bosh rivojlantirish rejasini ishlab chiqish yo‘li bilan "O‘zstandart" agentligi imkoniyatlarini oshirish” loyihasi amalga oshirilishi doirasida "O‘zstandart" agentligiga Koreyalik mutaxassislarning ishchi tashrifi bo‘lib o‘tdi.
“O‘zstandart” agentligining 2016 yil 24 iyundagi 05-772 sonli qarori bilan yangi Davlat standartlari joriy etildi.
2016 yilning 22 iyul kuni “O‘zstandart” agentligining katta majlislar zalida “O‘zstandart” agentligida, Akkreditatsiya Kengashi sertifikatlashtirish idoralarining 2016 yil 1 yarim yillik faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi.
Joriy yilning 18-20 iyul kunlari “O‘zstandart” agentligi “Mahsulotni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi” mutaxassislari “Zamonaviy eksport marketing vositalari orqali Yevropa Ittifoqi davlatlari bozoriga mahsulotlarni yo‘naltirish” mavzusidagi o‘quv seminarda ishtirok etishdi. Mazkur seminar Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Rivojlanish Dasturi tomonidan tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktorining 2016 yil 1 iyundagi 315-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan alkogolli mahsulotlarni muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alash tartibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i 2016 yil 27 iyunda 480-3-son bilan ro‘yxatga olindi.
“O‘zstandart” agentligining katta majlislar zalida bo‘lib o‘tgan navbatdagi Hay’at yig‘ilishida agentlikning boshqarma va bo‘limlari, hududiy va tarkibiy tashkilotlarining rahbarlari ishtirok etdi.
BMT YeIK qishloq xo‘jalik sifatstandartlari bo‘yicha ishchi guruh tomonidan quyidagilar tayyorlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yilning 1 iyundagi “Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini tashkil etish va uni har yili o‘tkazib turish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga asosan joriy yilning 12-14 iyul’ kunlari poytaxtimizning “O‘zekspomarkaz”da xaloqaro yarmarka o‘z ishini boshladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiva Davlat bojxona qo’mitasining 2016 yil 1 iyundagi “O’zbekiston Respublikasi hududiga sertifikatlanishi majburiy bo’lgan tovarlar (mahsulotlar)ni olib kirish tartibi to’grisidagi Yo’riqnoma, shuningdek, unga kiritilgan o‘zgartirish va qo’shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘risida”gi qarori ro‘yxatdan o‘tkazildi (2016 yil 1 iyuldagi 901-5 – sonli).
27-29 iyunda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy Komissiyasini (BMT YeIK) quruq va quritilgan mevalarga standartlarni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhning 63-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktorining 2016 yil 1 iyundagi 316-sonli “Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i 2016 yil 1 iyulda 1458-2-son bilan ro‘yxatga olindi.
“O’zstandart” agentligi “Qo’qon sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasining sinov bazasini rivojlantirish reja dasturiga muvofiq, Kalibrlash laboratoriyalari majmuasini qo’shimcha ta’minlash maqsadida Fransiyada ishlab chiqarilgan “SATAM” rusumli suyuqlik hisoblagichi xarid qilindi.
Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi korxonalarning mutaxassislari uchun Joriy yilning 13–26 iyun kunlari o‘quv kurslari tashkil etildi.
“2016 yilda yangi turdagi davlat standartlarini ishlab chiqish va amalda bo‘lganlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha respublika standartlashtirish rejasi”ni bajarish doirasida paxta mahsulotlari bo‘yicha davlat standartlarini qayta qo‘rib chiqish amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 31 martdagi 99-sonli “Don xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqidagi” qarorini bajarish maqsadida, “O‘zstandart” agentligi va vakolatli idoralar bilan birgalikda tahlil o‘tkazildi hamda donga majburiy talablarni o‘rnatadigan va ushbu umumiy texnik reglament amalga kiritilganidan so‘ng ixtiyoriy qo‘llanish xarakteriga ega bo‘ladigan standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar ro‘yxati aniqlandi.
“O‘zstandart” agentligining tegishli qarori bilan 2016 yil 10 iyundan O’z DSt 1076:2016 “Omixta yem yormasi, Texnikaviy shartlar” Davlat standarti joriy etildi.